Qadrli janob/xonim.
Avvalombor men sizlar haqingizda
ma’lumot olganim uchun ancha xursand bo’ldim.Men sizlarni web sahifangizni
yaqin do’stimdan oldim.Sizlar men bilan doimo aloqada bo’lishlaringga umid
qilib qolaman.
Mening ismim Nigisty, men 16 yoshli
ayolman.Men shahrimizdagi maktabning 10-sinfida o’qiyman.
Men Efiopianing shimoliy qismidagi
muruvvat uyida katta bo’lganman.Men eshitish qobiliyatimni besh olti
yoshli bolaligimda yo’qotganman.Keyingi paytlarda men maktabimdagi
ko’pgina mashg’ulotlarda qiynalyapman, chunki bizda zaif eshituvchilar
uchun maxsus maktablar yo’q.Men ancha tashvishdaman.Lekin xudoga shukr men
boshqa barcha o’quvchilar bilan birgalikda o’zlashtirib,o’qib
kelmoqdaman.Men kelayotgan May oyida Efiopia milliy sertifikatini
olaman.Men imtihonlardan muvaffaqiyatli topshirish uchun barcha
harakatlarni qilyapman.
Sizlarni men bilan doimo xat
yozishib turadigan biror bir insonni topishda yordam berishlaringni
hohlayman.Men ko’nglimdagi barcha his tuyg’ularimni biror bir inson bilan
o’rtog’lashmoqchiman.Men men bilan yozishib turadigan biror bir insonni
topishdan juda hursandman.Iltimos menga tezroq javob beringlar!
Samimiy tilaklar bitilgan
jaovingizni kutib qolaman.
Ezgu tilaklar bilan!
To’lanboy Ahmadjonov tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan